Z.T.Nishonova

Z.T.Nishonova

Z.T. Nishonova 2005-yil “Mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Z.T.Nishonovani ilmiy qarashlari yosh va pedagogik-psixologiya sohasida bo‘lib, ularning rahbarligida hozirgi kunda 3ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Zamira Nishonovaning shogirdlaridan Z.Sherimbetova 2007-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu bilan birga, ularning rahbarligida 20dan ortiq magistrlik dissertatsiyasi va 30dan ortiq BMI tayyorlanib himoyaga olib chiqildi. Z.T.Nishonova mustaqil ijodiy fikrlashning psixologik asoslariga oid ilmiy izlanishlarini ilmiy maqola, o‘quv qo‘llanma va monografiyalar ko‘rinishida chop ettirgan.