Maqsud Shayxzoda

Maqsud Shayxzoda

Maqsud Shayxzoda 1908 yil 25 oktyabrda Ozarbayjon Respublikasi Ganja viloyatining Oqtosh shahrida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964). Bokudagi dorulmualliminni tugatgan (1925). Dastlabki she’riy to‘plami — «Loyiq soqchi» (1932). «O‘n she’r» (1932), «Undoshlarim» (1933), «Uchinchi kitob» (1934), «Jumhuriyat» (1935), «O‘n ikki», «Yangi devon» (1937), «Kurash nechun» (1942), «Ko‘ngil deydiki…» (1943), «O‘n besh yilning daftari» (1947), «Yurt she’rlari» (1948), «Olqishlarim» (1949), «Yillar va yo‘llar» (1961), «She’rlar» (1964) va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Jaloliddin Manguberdi» (1944) va «Mirzo Ulug‘bek» (1961) kabi dramatik asarlar muallifi. Yirik adabiyotshunos («Genial shoir», 1941; «G‘azal mulkining sultoni». 1966; «Tazkirachilik tarixidan», 1968 va boshqa). A. S. Pushkinning «Mis chavandoz», M. Yu. Lermontovning «Kavkaz asiri», V. Shekspirning «Hamlet», «Romeo va Juletta» tragediyalari va sonetlarini, Nozim Hikmatning she’rlarini, shuningdek, dunyo adabiyotidagi bir qancha buyuk siymolarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1967 yil 19 fevralda Toshkent shahrida vafot etgan.