Azamat Qorjovov

Azamat Qorjovov

Rossiyalik atoqli yozuvchi, "Cheburashkaning otasi" Eduard Uspenskiy bugun hayotdan koʻz yumdi. Oʻzbekistonlik taniqli yozuvchi Azamat Qorjovov Uspenskiy vafoti munosabati bilan rus xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bolalar yozuvchisi Eduard Uspenskiy uzoq davom etgan kasallik tufayli 81 yoshida olamdan oʻtdi. Dunyo hamjamiyatining mashhur vakillari, shu jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Uspenskiy vafoti munosabati bilan yozuvchi oilasiga chuqur hamdardlik bildirishdi.

Oʻzbek adabiyotining yorqin vakili, 40 dan ortiq detektiv, mistika, sarguzasht kitoblar va bir qancha ertaklar muallifi Azamat Qorjovov Uspenskiy vafoti munosabati bilan u haqdagi xotiralari bilan bo`lishdi