Abulqosim Firdavsiy

Abulqosim Firdavsiy

Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida kambag‘al oilada dunyoga keldi.
Firdavsiy keng qamrovli va chuqur ilm egasi bo‘lib yetishdi. Shu bois uni «hakim», «donishmand» deb ulug‘laganlar. Shoir ijodining ayni gullagan davrida G’azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston hududi) — turk sultoni Mahmud G’aznaviy saroyida yashab, ijod qildi.
Firdavsiy Mahmud G’aznaviyga bag‘ishlab mashhur «Shohnoma» asarini yozdi.