Azamat Qorjovov

Azamat Qorjovov

Ijodkor Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilishicha, shu masalada Xitoy kinokompaniyasi bilan shartnoma imzolangan.

«Men uchun quvonchli bo‘lgan bu voqea «O‘zbekkino» milliy agentligi tizimida faoliyat boshlaganimga bir yil to‘lganida sodir bo‘ldi», – deb yozadi Qorjovov.

Yozuvchining qayd etishicha, dastlabki muzokaralar oktabr oyida boshlangan; 7 yanvar kuni to‘liq kelishuvga erishilgan.

Film 20 seriyadan iborat bo‘lib, yurist ayolning avval eri, so‘ng ikki farzandi o‘ldirib ketilgach, ayol qanday qilib dushmandan qasos olishi haqida hikoya qiladi.

Azamat Qorjovov faoliyati mobaynida O‘zbekistondagi turli nashrlarda ishlagan, asosan gazetalardagi davomli qissalari bilan tanilgan. U zamonaviy o‘zbek adabiyotida eng ko‘p kitob nashr etuvchi ijodkorlardan biri sanaladi.