Xurshid Do`stmuhammad

Xurshid Do`stmuhammad

Xurshid Doʻstmuhammad 1951 yili Toshkentda tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1968–1973). Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston “Fan” nashriyotida boshladi. “Fan va turmush” jurnalida, “Qishloq hayoti” gazetasida ishladi. 1986 yildan “Yosh kuch” jurnalida boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, “Hurriyat” gazetasida bosh muharrir, “Oʻzbekiston matbuoti” jurnalida bosh muharrir, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlash va qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasida hamrais sifatida faoliyat koʻrsatdi. Hozirda filologiya fanlari doktori Xurshid Doʻstmuhammad Oʻzbekiston Jahon tillari universitetida kafedra mudiri.