Абай Қунонбоев

Абай Қунонбоев

Qozoq klassik adabiyotining asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar Abay (Ibrohim) Qo‘nonboyev (Abay Qұnanbayұlы) Qozog‘istonning Semipalatinsk uyezdiga qarashln Chingiztov rayonida chorvador oilasida tug‘ildi. Yoshlik chog‘larida madrasada o‘qidi. Keyinchalik rus maktabiga qatnab, rus tili va adabiyotini o‘rgandi. Abay, bir tomondan, Sharq adabiyotining buyuk vakillari Firdavsiy, Navoiy, Nizomiy ijodi bilan, ikkinchi tomondan, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. Ye. Saltikov-Shchedrin asarlari bilan qiziqib, o‘z bilimini oshirdi.