Abdukarim Jumaboyev

Abdukarim Jumaboyev

Abdukarim Jumaboyev 1956 yili Tojikistonning Nov tumanida dunyoga keldi. Farg‘ona davlat Universitetini bitirgach, Marg‘ilon shahrida ishlay boshlaydi.
Abdukarim aka hokisor shoir, dilkash suhbatdosh, samimiy inson. Garchi ko‘zlari ojiz bo‘lsa-da o‘z mehnati bilan, shijoati bilan hayotda o‘z o‘rnini egallagan. Ularning o‘tli she’rlarini ko‘pchilik hayrat bilan o‘qiydi, 100 dan ortiq she’rlari qo‘shiq bo‘lib ulgurgan. Mavluda Asalxo‘jayeva, Anvar G‘aniyev, G‘iyos Boytoyev, Kamoliddin Rahmatov, Umida Mirhamidova kabi bir qator qo‘shiqchilar ijodida Abdukarim akaning she’rlari ko‘p uchraydi.