R.E.Xoliqova

R.E.Xoliqova

«O‘zbekiston tarixi» kafedrasi 1991 yil «Siyosiy tarix», «Ilmiy sotsializm» (kechki-sirtqi bo‘limida) kafedralari negizida tashkil topgan. Kafedra asoschisi t.f.d. prof. A.R. Otajonov. Kafedra tashkil topgan davrda o‘qituvchilar tarkibida t.f.d. prof. M.X.Nazarov, K.X.Xasanov, t.f.n. dots. R.Umarov, O‘.Solixov, Z.Akramova, V.Abdullaeva, X.Abdunazarov va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan.  2004 yil oktyabr oyidan «Konstitutsiya va huquq asoslari» kafedralari birlashib  «O‘zbekiston tarixi va huquq asoslari» kafedrasi tashkil topdi. 2011 yildan «O‘zbekiston tarixi va huquq asoslari» kafedrasi «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi deb qayta nomlandi. 2015 yil aprel oyida universitet fakultetlari va kafedralari tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan «Falsafa» kafedrasidagi «Ma’naviyat asoslari. Dinshunoslik», «Madaniyatshunoslik» fanlari «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi tarkibiga shtat birliklari bilan o‘tkazildi. 2020-2021 o’quv yilidan kafedrada “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan dars o’tilmoqda. 2004 yildan to hozirgi kungacha kafedrani tarix fanlari doktori, professor R.E.Xoliqova boshqarib kelmoqda.