Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagandan keyin (1958), hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1958–1963), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, “Yosh gvardiya” va Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida muharrir, “Yosh gvardiya” dramatik teatrida badiiy boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, katta adabiy maslahatchi, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida oʻrindoshlik boʻyicha oʻqituvchi, “Sharq yulduzi” jurnalida muharrir (1963–1982), Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat boʻlimi masʼul kotibi (1982–1983), “Gulxan” jurnali bosh muharriri (1983–1985), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rayosati raisining oʻrinbosari (1985–1987), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi (1987–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi (1989–2007), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi (1995–2009) vazifalarida ishladi. 2009 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Faxriy raisi.