Abdulla Qahhor

Abdulla Qahhor

Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o‘zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug‘ildi. Yozuvchi bu haqda o‘z tarjimai holida shunday yozgan: «Men 1907 yil kuzda, chorshanba kuni -17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida tug‘ilganman. Otam temirchi edi».

Uning bolaligi Qo‘qon atrofidagi Yaypan, Kudash, Buvayda, Olqor, Oqqo‘rg‘on singari qishloqlarda o‘tadi. Abdulla dastlab Buvaydadagi eski maktabda o‘qiydi, keyin Oqqo‘rg‘ondagi jadid maktabida, Qo‘qondagi internatda, 1922-24 yillar mobaynida esa Qo‘qonda ochilgan o‘qituvchilar tayyorlaydigan texnikumda tahsil oladi. U 1926, yilda SamDU ning tayyorlov fakultetini bitiradi va 1930 yilga qadar O’rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida o‘qnydi. Umri davomida barakali ijod qildi, «Qizil O’zbekiston», «Mushtum», xotin-qizlar gazetasi «Yangi yo‘l» da «Nish», «Norin Shilpiq», «Mavlono Kufur», «Guluyor», «Erkaboy», «E-boy» imzolari bilan qatnashib turgan. Chexovni o‘ziga ustoz deb bilgan. Abdulla Qahhor 1968 yil 25 mayda Moskvada vafot etdi.