Abdulla Qahhor

Abdulla Qahhor

Abdulla Qahhor Qo’qon shahrida kosib oilasida tug’ildi. Otasi oq-qorani tanigan savodli odam, temirchi usta edi. Uningo‘sha paytlarda bir joyda ish topib muqim ishlashi qiyin kechar, shu uchun qishloqma-qishloq ko’chib yurardi. Bunday ko’ch-ko’chlar tufayli oilasi ham turli joylarda yashashga majbur bo’lardi. Bu haqda yozuvchi « O‘tmishdan ertaklar» asarida hikoya qilgandi. Bu holat, tabiiyki, bo‘lg‘usi adibga ko‘p odamlarni ko’rish, g’aroyib voqealarning shohidi bo’lish, xalq hayotini chuqur bilish imkonini bergan. Yosh Abdulla 1919— 1924-yillarda boshlang’ich maktab, maktab-internatda o’qidi. Keyin Qo’qondagi pedagogika texnikumida ta’limoldi. So‘ng O‘rta Osiyo Davlat universitetining ishchilar fakultetini, pedagogika fakultetini tugatdi. Uning ijodi 20-yillarning o’rtalarida boshlandi. Dastlab maqolalar, lavhalar, felyetonlar yozib, ularda eski turmushni, ilmsiz, fikran qoloq, yangilikka qarshi turadigan odamlarni fosh qilishga intildi, hayotdagi yangiliklarni ulug’ladi. Abdulla Qahhor iste’dodli bo’lish bilan birga, havas qilarli darajada tirishqoq, mehnatsevar, ko’p kitob mutolaa qiladigan inson bo’lgan. Undan ikkita roman meros qolgan. Bu romanlarning biri «Sarob», ikkinchisi «Qo’shchinor chiroqlari»dir. «Sarob»romanini yozib tugallaganida 27 yoshda bo’lgan.