Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

Abdulla Oripov Oʻzbekiston Xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston Davlat madhiyasi muallifi va jamoat arbobi.
Abdulla Oripov biografiyasi
Abdulla Oripov 1941 yil 21 mart kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumani Nekoʻz qishlogʻida tavallud topgan. Shoirning otasi Orif Ubaydullayev kolxoz raisi boʻlgan. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari mehnatkash inson boʻlgan. Oilada sakkiz farzand-toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, shoir Abdulla oʻgʻillarning kenjasi boʻlgan.
1958 - 1963 yilda boʻlajak shoir Abdulla Oripov maktabni oltin medal bilan bitirib, ToshDUning (Oʻzbekiston Milliy universiteti) oʻzbek filologiyasi fakulteti, jurnalistika boʻlimiga kiradi.