Farida Afro'z

Farida Afro'z

Farida Afro‘z (Bo‘tayeva Farida Qo‘ziyevna) 1956-yil 5-martda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Qo‘qon Davlat pedagogika oliygohining tarix fakultetida o‘qigan. Ish faoliyatini G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyida kichik ilmiy xodimlikdan, keyinchalik Sanʼat bilim yurtida o‘qituvchi, Bog‘dod tumanining “Avangard” gazetasida adabiy xodim, Uchko‘prik tumanidagi “Isteʼdod” ijodkorlar uyushmasi raisi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat jamoatchilik markazi” huzuridagi “Shuur” ijodiy korxonasi direktori, Adliya vazirligi “Hayot va Qonun” yuridik jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida sanʼat bo‘limi boshlig‘i, “Yozuvchi” nashriyotida bosh muharrir, “Al-Afro‘z” MCHJda, hamda “Afruz-Records” MCHJ ovoz yozish studiyasida bosh direktor lavozimida ishlagan.