Aka-uka Grimm

Aka-uka Grimm

Aka-uka (Yakob 1785–1863, Vilgelm 1786–1859) Grimmlar Magdeburg universitetida oʻqib yurgan chogʻlaridayoq oʻrta asr olmon tarixi va madaniyati, huquq va mifologiyasi, xalq ogʻzaki ijodi hamda til va adabiyoti bilan shugʻullana boshladilar.

Oʻqish, oʻz ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yoʻli boʻldi. Ular avval Gettingen, keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari boʻldilar. Yakob olmon tili grammatikasi va mifologiyasini, Vilgelm oʻrta asr olmon adabiyoti va xalq ogʻzaki ijodini oʻrgana boshladilar. Olmon xalq ogʻzaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir koʻprik yasadilar. Nihoyat, 1812 yilda Grimmlar tomonidan yozilgan ertaklar bir necha jildli “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815-yilda 2-jild, 1822-yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi uchinchi jild bosilib chiqdi.