Zaynidinov X.N

Zaynidinov X.N

Zaynidinov Hakimjon Nasiriddinovich 1963 yilda tug'ilgan, o'zbek. Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi 20-son Furqat nomli o'rta maktabni 1979 yilda tamomlagan.1984 yilda Toshkent Politexnika institutini bitirgan. Diplom bo'yicha ixtisosligi – elektron hisoblash mashinalari, mutaxassisligi– sistemotexnik injeneri. 1993 yil 19 oktyabrda V.I.Lenin(Ulyanov) nomidagi Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetining fan nomzodi ilmiy darajasini beruvchi Ixtisoslashgan Kengashida texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun "Исследование и разработка алгоритмов и процессорных средств быстрых преобразований в кусочно-параболических  базисах" mavzusida 05.13.13 – "Hisoblash mashinalari, tizimlari, majmualari va tarmoqlari" ixtisosligi bo'yicha dissertasiyasini himoya qildi. 1996 yil 28 noyabrda H.N.Zaynidinovga O’zbekiston respublikasi Oliy Attestasiya Komissiyasining № 41/1-son bayonnomasi asosida 03 №002349 raqamli "Kompyuter texnologiyasi va tarmoqlari" kafedrasi bo'yicha "dosent" ilmiy unvoni berildi.