J.Hojiyev

J.Hojiyev

0 ‘quv qo‘llanma «Algebra va sonlar nazariyasi» fani Davlat ta’lim standart hamda dasturiga to‘la mos keladi. Tavsiya etilayotgan nazariy savollar va amaliy topshiriqlar modullarda jamlangan bo‘lib, ularda keltirilgan metodik tavsiyalar ushbu o‘quv qo‘llanmadan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratadi. Keltirilgan misol va mashqlar nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, tadbiqini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, talabalarni mustaqil, ijodiy izlanishga yo‘naltiradi. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus matematika ta’limiga ushbu fanning keng tatbiqlarini e’tiborga olsak, o‘quv qo‘llanmadan akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, o‘quvchilari; o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari foydalanishlari mumkin.