Ulug`bek Hamdam

Ulug`bek Hamdam

Ulug‘bek Hamdam 1968 yil 24 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumani Yuqori Rovot qishlog‘ida tug‘ilgan.

Ulug‘bek 1975-1985 yillarda o‘rta maktabda o‘qidi. 1988 yilda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kirdi.

1992 yilda esa o‘qishni Turkiyada davom ettirdi. 1993 yilda Toshkentga qaytib, dastlab magistraturani, so‘ngra aspiranturani tugatdi.1993-1994 yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan dars bergan. 1994-1996 yillarda Hozirgi Milliy Universitet o‘zbek filologiyasi fakultetining kunduzgi aspiranturasini o‘qigan.