Dunyoning ishlari...

O`tkir Hoshimov

Janr

Badiiy adabiyotlar
210 bosma sahifalar 2005 Yil

Dunyoning ishlari


AnnotatsiyaMundarijaFikr va mulohazalar XX asr o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni va uslubiga ega bo‘lgan adib – O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshi­mov, aytish mumkinki, XXI asr o‘quvchisining ham sevimli adibi bo‘lib qoladi. Jonli va hayotiy tasvirlar, sof o‘zbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar o‘rtasidagi suhbatlar mutolaasi o‘quvchini o‘z ta’siriga oladi. Nafaqat millat, balki chin insoniylik tarannumi yozuvchi asarlarida yetakchilik qilishi kitobxon uchun tarbiyaviy va hayotiy saboq bo‘ladi. Xoh jiddiy, xoh hajviy bo‘lsin O‘tkir Hoshimov asarlari­da hayot qaynaydi: unda har birimiz o‘zimizni, oilamizni, do‘st-u yorimizni, hatto hech kimga o‘xshamagan onamizni ko‘ramiz... Bir inson umrini qamragan roman bo‘lsin, qator no­vellalardan iborat qissa yoki hikoya bo‘lsin, janridan qat’i nazar, O‘tkir Hoshimov asarlarida dunyoning ishlari mu­jassam. Mutolaa har qanday o‘quvchi uchun katta hayo­tiy xulosa berishiga ishonamiz.