Janr

Badiiy adabiyotlar
296 bosma sahifalar 2015 Yil

Buqalamun


Jahon adabiyoti hikoyachiligini mashhur rus yozuvchisi Anton Chexov ijodisiz tasavvur qilish mushkul. XIX asrning so‘nggi choragida rus kitobxonlari e’tiro­figa sazovor bo‘lgan yozuvchi hikoyalari XX asrning dastlabki yillaridayoq o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi. Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ham tarjima orqali hikoyanavislikni aynan Anton Chexovdan o‘rgangan bo‘lsa ajab emas. Adabiyotimizda hikoyachilikda beqiyos o‘ringa ega bo‘lgan Abdulla Qahhor tarjimalari esa Chexov ijodi­ni o‘zbek kitobxonlariga tanishtirishda asosiy ko‘prik bo‘lib xizmat qildi.