Janr

Badiiy adabiyotlar
204 bosma sahifalar 2017 Yil

Манасчи


Uchinchi muchalidan chiqayotgan tuni Bekesh ozg‘irdimi – bir tush ko‘rdi. Tushida toy-akasi yo amakisi Baysalning yaylovidagi o‘toviga kirib borganmish. Toy-akasi meeley yo qo‘lqop qoplagan bilagida Tumor otli burgutni, boshqa qo‘lida esa sutmi-qatiq to‘la kosasini tutib o‘tirgan emish. Serqahr Tumor avaysizroq Bekeshni ko‘rganidanmi tinchini yo‘qotib, ovdirarmish, so‘ng pat-pat qanot qoqib, Bekesh endigina kirib kelgan eshikka o‘zini ura, tashqari uchib ketarmish. Cho‘chiganidan yuzi oqarinqi Bekesh toy-akasiga salom berib, betma-bet o‘tiradi. Shunda toy-akasi unga qo‘lidagi kosani uzatib “Ich!” — deydi. Toshu adir bosib chanqagan Bekesh kosani qaqraygan labiga bosib sipqarsa, kosa ichidagi oq narsa – na sutu, na qatiq. Tuz desa – sho‘ri yo‘q, qor desa – erimaydi, qum desa – yumshoq. Bolaligida pionerlar lagerida “gulvata” degan oqimsiq loy chaynagan Bekesh uni shunga o‘xshatdi. Ana endi ichay desa – ichiga ketmaydi, kavshay desa – tishiga yotmaydi. Bosholomonlikda dovdirab o‘tirsa, burgutko‘z Baysal Bekeshning ko‘ziga tikrayib: “Tamshi!” deb buyurarmish. Bekesh tamshina-tamshina ushbu moddani yutadi, qorni og‘irinliqqa to‘ladi. Qo‘lidagi tovushyozari-yu ko‘nglidagi intervyu tilagi unutilib, aljaygan og‘zi ochilib, nima qilarini bilmay qotadi.