O'tmishdan ertaklar...

Abdulla Qahhor

Janr

Badiiy adabiyotlar
114 bosma sahifalar 1988 Yil

O'tmishdan ertaklar


«O`tmishdan ertaklar» - o`zbek adabiyotining zabardast vakili bo`lgan ‎Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o`rin tutadi. Bu asar nafaqat ‎yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o‘tgan asr boshlarida ‎millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so`z yuritadi. Nafaqat ‎bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin ‎tasvirlanadi.‎ To`plamning ikkinchi qismi bo`lgan hikoyalar ham o`zbek ada‎biyotining ma`naviy boyligidir. Yozuvchining ilk hikoyalar to`plami ‎‎1932-yilda chop etilgan. Bugungacha bo`lgan davr mobaynida o`zbek ‎adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko`p asarlar yaratildi. ‎Sara hikoyalar, deya e`tirof etilgan bir qancha ijod namunalari ‎o`quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari ‎yillar chig`irig`ini pisand etmay, hamon sevib o`qiladi.‎