Turkiston feodallarining keyingi vakili bo'lg'an Xudoyorning o'z xohishi yo'lida dehqon ommasi va mayda hunarmand - kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo'lmasin, rahmsiz jazo berishi ro'monning mavzuidir. Xudoyorning bu yo'ldag'i birinchi istinodgohi bo'lg'an ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, Madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg'ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanlini mundarija sig'dirg'an qadar bayon qilinadir. Bular ro'monning nomarg'ub - manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi «tuban» sinf - kambag'allar, ularning xonliq tuzilishiga, qora kuch - ulamo alayhigachiqishi. Mehnatkash kambag'allarning axloqi, sajiyasi, oilasi, turmishi va bir-biriga aloqasi, samimiyati.