Polvon yig'lagan tun...

Abdulla Ayizov

Janr

Badiiy adabiyotlar
20 bosma sahifalar 2011 Yil

Polvon yig'lagan tun


Bugun chelaklik Qodirbek mergan toʻy boshlab yubordi. Qiru adirlardan oshib uzoq-uzoqlarga taralgan karnay-surnay sadolari odamlarning xush-xandon qiy-chuviga ulanib ketdi. Bu yogʻi togʻli qishloqlardan, u yogʻi choʻl taraf ovullardan gurros-gurros mehmonlar, polvonlar kela boshladilar. Toʻyxona biqinidagi bedapoyadan tortib, oʻydim – chuqur yoʻl chetlarigacha mashinalar tizim-tizim: mezbonlar tomonidan tayinlangan kuzatuvchilar ularni ziyrak qoʻriqlashadi. Axir bir kunlik toʻy oʻtadi-ketadi, ammo keyin gʻiybat koʻpayishi mumkin. “Falon qishloqdagi falonchining toʻyiga borgan edik. Tomosha ayni qizigan payt, ulovimizning zarur narsasini shilib ketibdi! Dabdabaga berilguncha mehmonlarning izzatini qil, koʻliklariga koʻz-quloq boʻl…” – qabilidagi gap-soʻzlardan ehtiyot boʻlgan maʼqul.