«Maxsus pedagogika» darsligi uch bo‘limdan iborat bo‘lib, birinchi bo‘lim Oligofrenopedagogika (P.M.Po‘latova) deb nomlanib, mazkur bo'limda aqli zaif bolalar maktabida o'qitish jarayonining xususiyatlari, aqli zaif bolalar maktabida ta’limni tashkil etish shakllari va metodlarini amalga oshirishning xususiyatlari, maxsus maktabda o‘qitish jarayoni ta’lim-tarbiyaviy, korreksion-rivojlanuvchi vazifalari va tamoyillari kabi masalalar ochib beriladi. Ikkinchi bo‘lim Surdopedogogika (D.B.Yakubjonova, Z.N.Mamarajabova) deb nomlanadi. Mazkur bo'limda kar va zaif eshituvchi bolalar maktabida o‘qitish jarayonining xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimi, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tasnifi, kar va zaif eshituvchi bolalar maktabida ta’limni tashkil etish shakllari va metodlarini amalga oshirishning xususiyatlari, maxsus maktabda o'qitish jarayoni ta’lim-tarbiyaviy, korreksion-rivojlanuvchi vazifalari va tamoyillari, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar