Axborot-resurs markazi 2019-yilda filial tashkil etilishi bilan ishga tushirilgan bo‘lib, unda bir vaqtni o’zida 70 nafar odam foydalanishi uchun mo‘ljallangan o‘quv zali mavjud. Axborot-resurs markazida professor-o’qituvchilar va talabalar istagan elektron axborot ta’lim resurslaridan keng miqdorda foydalanishlari uchun 12 dona wi-fi tizimiga ulangan kompyuterlar mavjud. Professor-o’qituvchi va talabalar o’zlariga kerakli bo’lgan elektron axborot ta’lim resurslarini chop etib olishlari uchun esa 1 dona (3/1) imageCLASS MF3010 Canon printeri bor va undan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Hozirgi kunga kelib filial axborot-resurs markazi fondining umumiy soni 1886 nomda 13096 sonda bosma adabiyotlar mavjud bo‘lib jumladan. Elektron ko‘rinishdagi o‘quv adabiyotlar soni esa 11648 tani tashkil etadi.
2023-yil filial axborot resurs markaziga jami 136 nomda 2403 sonda, mutaxassislik fanlariga oid o‘quv-qo‘llanmalar, darsliklar olib kelindi. Jumladan, matematika, psixologiya, ingliz tili, biologiya, iqtisodiyot, informatika, siyosiy va kitob albomlar, amaliy qo‘llanmalar va adabiyotlar olib kelinib ARM fondiga joylashtirildi.
Hozirgi kunga kelib filial Axborot-resurs markazida talabalar kirib chiqishini kuzatish maqsadida https://lib.jbnuu.uz/reception/ saytdan foydalanib kelmoqda. ARMda ID kartalardan foydalanish tizimi ishga tushurilgan bo'lib talabalarga “Kitobxon Guvohnomasi” taqdim etilgan.
2024 yil hisobidan axborot-resurs markazi 600 nomda 2429 sondan ortiq o'quv-qo'llanma va darslik hamda badiy adabiyotlar bilan boyitildi.