Yordam

Kitobni ocholmayapman

Ehtimol, kitobni ochishga harakat qilgan paytda xatolik yuz berdi. Bunday holatda, birinchi navbatda, internetga ulanishni tekshiring. Agar Internetga ulangan bo'lsangiz, Qo'llab-quvvatlash xizmati orqali bizga yozing: 1. "Biz haqimizda" bo'limini oching, keyin "Bizga yozing"; 2. Shaklni to'ldiring va "Yuborish" tugmasini bosing.

Kitobni qanday yuklab olishim mumkin?

Bizning katalogimizdan kitobni yuklab olish uchun sizga yoqqan kitobni tanlashingiz lozim, so'ngra "Kitobni yuklab olish" tugmasini bosing.

Barcha kitoblar bepulmi?

Kutubxonamizdagi barcha kitoblar bepul.

Audiokitobni qanday tinglash mumkin?

Audiokitobni tinglash uchun bizning kutubxonamizdagi "Audiokitoblar" bo'limidan sizga yoqqan kitobni tanlashingiz lozim, so'ngra quyida joylashgan "Onlayn tinglash" tugmasini bosing. Shundan so'ng, player ochilib, audio kitobni tinglash boshlanadi.

Kitobni onlayn tarzda qanday o'qish mumkin?

Bizning kutubxonamizdagi kitoblarni o'qish uchun sizga maʼqul boʻlgan kitobni tanlashingiz lozim, soʻngra oʻqishni boshlash uchun "Onlayn o'qish" tugmasini bosing.

Barcha kitoblarning audio versiyasi mavjudmi?

Hamma kitoblarda ham mavjud emas. Afsuski, audiokitoblarni yaratish elektron kitoblarni yaratishga qaraganda ko'proq vaqt va kuch talab qiladi. Shuning uchun audiokitoblar katalogi kamroq. Lekin biz har oyda yangi kitoblarni qo'shishni davom ettirmoqdamiz. Agar kitob ikki shaklda bo'lsa - matn va audio – ular kitoblarning kartalarida ko'rsatiladi. "Ovoz versiyasi mavjud" va "Elektron versiyasi mavjud" tugmalariga e'tibor bering.

Kitobning audiokitoblardan farqi nimada?

Elektron kitob audio kitobdan formati bo'yicha farq qilib, tizimda foydalanilishda ajralib turadi. Elektron kitoblar veb-saytda PDF va ePUB formatlarda joylashtirilgan. Audiobook faqat .mp3 formatiga ega. Kitoblardan to'g'ri foydalanish uchun maxsus plaginlarni o'rnatishingizni tavsiya etamiz.