N.R.Yusupbekov

N.R.Yusupbekov

 (1940.1.7., Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Texnika fanlari doktori (1971), professor (1973). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1962), shu intda assistent kimyotexnologiya jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomat lashtirish kafed rasi mudiri (1966-yildan). Toshkent mashinasozlik instituti rektori (1989— 91), Toshkent texnika universiteti rektori (1991—92), Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi (1992—94), "Oʻzkimyosanoat" boshqaruvi raisi (1994—2001), Toshkent kimyotexnologiya instituti rektori (2001— 2003). "Kimyoviy texnologiya: nazorat va boshqaruv" jurnal bosh muharriri (2005-yildan). Ilmiy ishlari kimyotexnologiya jarayonlarida oʻlchash texnikasi, uning usullari va asbobsozlikni rivojlantirishga oid. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1999).