Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

Bobokalonimiz Alisher Navoiy ijodi xorijiy mamlakatlarda ham sevib o’qilib, asarlari bot-bot tarjima qilinmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlarining Massachusets shtatida istiqomat qiluvchi adabiyotshunos, yozuvchi va shoir Denis Deli ko’p yillik izlanishlari tufayli Alisher Navoiyning g’azallarini ingliz tiliga o’girdi hamda “Cervena Barva Press” nashriyotida “Alisher Navoiyning yigirma bir g’azali” (“Twenty one ghazals by Alisher Navoiy”) deb nomlangan kitobni chop ettirdi.

To’plam xorijliklar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Muxbirimiz yaqinda Amerika Qo’shma Shtatlarida bo’lganida, Denis Deli bilan uchrashib, uning fikr-mulohazalarini yozib oldi.