Abdulla Sher

Abdulla Sher

Abdulla Sher (Sherov Abdulla) 1943 yil 5 avgustda Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1970). Ilk she’rlar to‘plami — «Ko‘klam tabassumi» (1973). Shundan keyin shoirning «Alyor» (1977), «Atirgul soyasi» (1979), «Roz» (1980), «Kuz hiloli» (1983), «Qadimgi kuy» (1987), «Nuqtadan so‘ng» (1989), «Toqat» (1997) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Axlokshunoslik» (2003) o‘quv ko‘llanmasi ham bor. Bayronning «Don Juan» she’riy romani, K. Kaynening «Olmoniya» dostoni va «Qo‘shiqlar kitobi»ni, A. S. Pushkin, A. N. Nekrasov, A. Axmatova asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.