Абулқосим Фирдавсий

Абулқосим Фирдавсий

Ko‘hna tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, Sharq olamida qudratli davlat barpo etganlardan Sulton Mahmud G‘aznaviy haqida to‘qilgan turli-tuman hikoyatlar, rivoyatlarga duch kelamiz. Bizga qadar yetib kelgan manbalarda u atoqli davlat arbobi, dinu diyonat himoyachisi, ilm-ma’rifat homiysi sifatida ulug‘lanadi. Ba’zi asarlarda esa zolim-qonxo‘r, bosqinchi, molu dunyoga hirs qo‘ygan o‘ta ziqna hukmdor deb ta’riflanadi. Ayniqsa, Sulton Mahmudning buyuk shoir Firdavsiy bilan munosabatlari haqida xilma-xil mulohaza-fikrlar hozirga qadar ilmiy kitoblar, maqolalarda uchrab turadi.