J.Tulenov

J.Tulenov

Moskva Fanlar Akademiyasi Falsafa instituti aspiranturasida o’qib, 1953 yilning o’zida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1962 yilda Leningrad Davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlab Falsafa fanlari doktori ilmiy darajasi, so’ngra professor ilmiy unvoniga sazovor bo’lgan. J.Tulenov 1971-1972 yillarda ToshDU qoshidagi OPIda professor lavozimida, 1972 yildan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida faoliyat olib borgan. 1972-2002 yillar TDPU Falsafa kafedrasining mudiri, 1977-1985 yillarda esa ham kafedra mudiri, ham universitetning ilmiy ishlari bo’yicha prorektori lavozimlarida ishlagan. 1984 yil O’zR FA muxbir a’zosi, 2000 yilda esa O’zR FA akademigi etib saylangan. J.Tulenovning ilmiy asarlari rumin, ingliz, nemis tillarida nashr etilgan. U Buxarest (1971), Zaltsburg (1983), Moskva (1987) shaharlarida mantiq, metodologiya va falsafa bo’yicha o’tkazilgan IV, VII, VII xalqaro kongress va boshqa xalqaro anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.