E.Y.Yusupov

E.Y.Yusupov

Falsafa

Muallif:: Akademik Erkin Yusupovich Yusupov Kategoriya:: Ilmiy kitoblar Nashryotchi:: ,,0 ‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI Chop etilgan vaqti:: ISBN: 5 - 6 4 5 - 0 4 2 7 ,8 - 6 © Sahifalar soni: 304 Davlat:: O'zbekiston Kitob Tili: O'zbek O'lchami:: - Fayl hajmi(MB):: 7.8O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Erkin Yusupov Nizomiy nomidagi TDPI “Falsafa” kafedrasini 1954-1972 yillarda boshqargan va falsafa fanining mazmunini ishlab chiqishda alohida faollik ko’rsatgan. Erkin Yusupov kafedrani boshqargan dastlabki yillardan boshlab uch narsaga: 1) faylasuf kadrlarni tayyorlashga; 2) falsafa fanidan o’quv adabiyotlari avlodini yaratishga hamda 3) o’sha davrdagi hayot murakkabliklari sharoitida ijtimoiy hayotning falsafiy tahlilini aks ettiradigan adabiyotlar (risola, monografiya)lar tayyorlashga alohida e’tibor qaratdi. Erkin Yusupov yashagan va faoliyat ko’rsatgan davr o’zbek xalqi tarixida eng og’ir, murakkab, ziddiyatli yillar edi. Totalitar tuzum, uning shovinistik siyosati, falsafa fanining mazmunida bevosita aks etgan, marksistik falsafa fan sifatida o’quv jarayoniga kiritilgan; tarix haqiqati, millat taqdiri, hayoti va manfaati, ilmiy-falsafiy muammolar, partiyaviylik, sinfiylik mezonlari asosida yoritilishi lozim edi. Ana shunday sharoitda E.Yusupov ilk marta falsafa bo’yicha qo’llanmalarni tayyorlashga bosh bo’ldi “ Dialektik va tarixiy materializm ocherklari” nashr qilindi. Mustaqillik yillarida falsafa fani mafkura yakkahokimligi tazyiqidan ozod bo’ldi. 1993-1994-yillarda olim tomonidan fanning mazmuni bo’yicha o’ziga xos kontseptsiya ilgari surildi va shu asosda 1999 yil Erkin Yusupov tahriridagi “Falsafa” o’quv qo’llanmasi chop etildi. E.Yusupov rahbarligida o’nga yaqin doktorlik, 50 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi. Olim faylasuflar, shogirdlari diqqatini Markaziy Osiyo – Turonzaminida shakllangan falsafaga, ma’naviyat, madaniyatining falsafiy muammolariga qaratdi.