Tohir Malik

Tohir Malik

Tohir Malik 1966-yildan eʼtiboran matbuot sohasida ishlagan. Lenin uchquni (Hozir Tong yulduzi deb nomlanadi), Oʻzbekiston radiosida, Gʻafur gʻulom nomidagi va „Choʻlpon“ nashriyotlarida, „Sharq yulduzi“, „Yoshlik“ jurnallarida faoliyat yuritgan. U ijodiiy faoliyati davomida hayotni, insonlar tabiatini atroflicha oʻrgana boshlaydi. Yozuvchi insonlarni, ularning ichki kechinmalarini, ruhiyatlarini sinchiklab oʻrganadi va kitobxonni ham mana shu ruhiyat olamiga olib kiradi. Uni shu holga solgan sabablarni tahlil qilishga va xulosa chiqarishga yoʻnaltiradi. Yozuvchi yaratgan asarlari asosida koʻplab tele va baʼdiy filmlar yaratilgan. Asarlarida turli qiyofadagi zamondoshlarimizning obrazlari yorqin lavhalarda katta mahorat bilan aks etgan, muhim maʼnaviyaxloqiy muammolar koʻtarilgan[4]. Rus yozuvchisi F.M. Dostoyevskiyning Maʼsuma qissasini, shuningdek, jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 19611964-yillarda quruvchi, 19651966-yillarda maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Lenin uchquni gazetasi, 19751978-yillarda Guliston nashriyotida, 19811982-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda muharrir, 19821985-yillarda Sharq yulduzi jurnalida, 19851987-yillarda Choʻlpon nashriyotida bosh muharrir, 198991-yillarda „Yoshlik“ jurnalida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasida 198890-yillar davomida kotib boʻlib faoliyat olib borgan.