Xudoyberdi Toʻxtaboyev

Xudoyberdi Toʻxtaboyev

Xudoyberdi Toʻxtaboyev (1932-yil 17-dekabr, Oʻzbekiston tumani — 2021-yil 21-mart[1]) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1991). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1982). Qoʻqon pedagogika bilim yurtini (1949), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1955). Oʻrta maktabda oʻqituvchi va direktor (1955— 58), „Toshkent haqiqati“ gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1958— 1962), „Sovet Oʻzbekistoni“ (1962—1970) gazetasida, „Guliston“ jurnalida (1970—1972), „Yosh gvardiya“ nashriyotida (1972) boʻlim mudiri va bosh muharrir oʻrinbosari (1974— 1976), „Gulxan“, „Yosh kuch“ jurnallarida bosh muharrir (1977- 1980), „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1980—1998). Dastlab jurnalist sifatida tanilgan, felyetonlar yozgan. Badiiy ijod bn XX asr 50-yillarida shugʻullana boshlagan. Ilk hikoyalar toʻplami — „Shoshqaloq“ (1961). „Felyetondan keyin“ (1962), „Sir ochildi“ (1963), „Sehrli qalpoqcha“ (1964) singari qissalari, „Muhabbat qoʻshigʻi“ (1967), „Jonginam, shartingni ayt“ (1969), „Konizar yulduzlari“ (1978), „Omonboy bilan Davronboy sarguzashti“ (1974) va boshqa asarlar muallifi. „Sariq devni minib“ romani (1968) yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Shundan keyin „Sariq devning oʻlimi“ (1973), „Besh bolali yigitcha“ (1976), „Qasoskorning oltin boshi“ (1981), „Yillar va yoʻllar“ (1983), „Shirin qovunlar mamlakati“ (1986), „Mungli koʻzlar“ (1988), „Jannati odamlar“ (1996) romanlari nashr etildi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev asarlari yumorga boyligi, bolalar hayoti, ularning oʻziga xos tabiati, xususiyatlari, ruhiy kechinmalari nihoyatda jonli, qiziqarli va bolalarbop yoʻsinda mahorat bilan tasvirlanishi jihatidan ajralib turadi. Xudoyberdi Toʻxtaboyev oʻzbek bolalar adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan ijodkorlardan biridir. Asarlari rus, ingliz, fransuz, nemis tillariga tarjima qilinib, 28ta mamlakatida nashr etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Oʻzbek bolalar yozuvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyev 2021-yil 21-mart kuni 88 yoshda vafot etdi[1]. Shavkat Mirziyoyev yozuvchining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan

Xudoyberdi TO‘XTABOYEV
(1932-yilda tug‘ilgan)
Xudoyberdi To‘xtaboyev bugungi o‘zbek adabiyotining yetak- chi vakillaridan biridir. U 1932-yil 17-dekabrda Farg‘ona vi- loyatining Katta tagob qishlog‘ida tug‘ilgan. Otadan juda erta yetim qolgan Xudoyberdi bobosi Erkaboy va buvisi Robiyabi- bilarning tarbiyasida o‘sadi. 1949-yili Qo‘qon pedagogika bilim yurtini, 1955-yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ni bitirgan. So‘ng bir necha yil Farg‘ona viloyatining Bag‘dod, O‘zbekiston tumanlaridagi maktablarda o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri, maktab direktori lavozimlarida ishlagan.
70-yillar boshida o‘z ijodiy faoliyatini bolalar hayotini keng tasvirlagan asarlar yaratishga yo‘naltiradi. Yozuvchi o‘zining tarjimayi holida bu qarorini shunday izohlaydi: «Ruhiy dunyosi pok bo‘lgan, tarbiyaga quloq soladigan, savob va gunohni bi- lishga intiladigan, ruhi go‘zallikka talpinayotgan bolalar dunyo- sida ishlasam qanday bo‘lar ekan deb o‘ylay boshladim va qaror ham qabul qildim bolalar, o‘smirlar dunyosiga paqqos o‘tib ketdim».
! Bo‘lg‘usi adib 1958-yili Toshkentga keladi. 12 yil davomida turli gazetalarda ishlaydi, hozirjavob, qala- mi o‘tkir jurnalist sifatida elga taniladi. Jamiyatdagi illatlarni fosh etuvchi 300 dan ortiq felyeton yozadi.
Darhaqiqat, adib, mana, necha yillardirki, yozuvchilik iste’- dodini bolalar va o‘smirlarning ma’naviy tarbiyasiga bag‘ishlab kelyapti. U ana shu maqsadda yoshlar nashriyoti, «Gulxan», «Yosh kuch» jurnallarida faoliyat ko‘rsatib, o‘zi e’tirof etgani- dek, «…Bola va o‘smir ruhidagi go‘zallikni himoyalashga e’ti- bor» berib kelyapti. Yozuvchi tinimsiz mehnati, izlanishlari, bolalarga cheksiz mehr-muhabbati tufayli o‘zbek bolalar adabiyo- tining zabardast namoyandasiga aylandi. Adib qalamiga mansub «Omonboy va Davronboy sarguzashti» qissasi (1974-yil), «Sariq devni minib» (1968-yil), «Sariq devning o‘limi» (1973-yil), «Besh bolali yigitcha» (1976-yil), «Qasoskorning oltin boshi» (1981-yil), «Yillar va yo‘llar» (1983-yil), «Shirin qovunlar mam- lakati» (1986-yil), «Mungli ko‘zlar» (1988-yil), «Jannati odam- lar» (1996-yil), «Qiz bolaga tosh otmang» (2003-yil), «Qiz talashgan o‘smirlar» (2010-yil), «Quyonlar saltanati» (2013-yil) kabi romanlari, «Yangi ohangda kuylayotgan viloyat» (2013-yil, hujjatli qissa), «Tagob qishloq ertaklari» (2016-yil), «Qaylarda qolding, bolaligim» (2016-yil) singari asarlari ana shu xayrli faoliyat mevalaridir.
Xudoyberdi To‘xtaboyev yurtimizda tashkil etilgan «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi raisi sifatida ham uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan (1980–1998-yillar).
Adibning «Sariq devni minib» va uning mantiqiy davomi bo‘lgan «Sariq devning o‘limi» romanlari nafaqat o‘zbek ada- biyoti, balki jahon adabiyoti ko‘lamida ham bolalar uchun yara- tilgan sarguzasht asarlarning eng yaxshi namunasiga aylandi. Bu romanlarda 6-sinf o‘quvchisi Hoshimjonning ajoyib sarguzasht- lari, uning sehrli qalpoqcha yordamida erishgan qahramonliklari qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Hoshimjon tashlandiq bir uydan oq jundan yasalgan sehrli qalpoqchani topib oladi. Uning seh- rini avval uyidagilar bilan sinab ko‘radi. Qalpoqchaning sehrli kuchiga to‘la amin bo‘lgach, uni dastlab qishlog‘idagi folbin xolaning yolg‘onchiligini fosh qilishga qaratadi. Oyisiga qo‘shi- lib firibgarlik qilayotgan sinfdoshi Mirobiddinxo‘jani tavbasiga tayantiradi, folbin xola xaltachalaridagi dorilarni almashtirib qo‘yib mijozlarni undan bezdiradi. Sehrli qalpoqcha ishlaridan ruhlangan Hoshimjon uni o‘zi o‘qiydigan maktabida ham sinay boshlaydi. Qalpoqchani kiyib olib, o‘qituvchilar konspektlaridan yozma ishlarni ko‘chiradi, natijada baholari, o‘zlashtirishi yaxshilana boshlaydi, biroq shoshqaloqligi tufayli o‘zi ham pand yeydi. O‘qituvchilar uni koyib, tartibga chaqiradilar. Bi- limsiz, yaxshi baholarga o‘qimay turib biror-bir kasb egasi bo‘- lish mumkin emas deb uqtiradilar.
! Lekin sehrli qalpoqchaning kuchiga ortiqcha ishongan Hoshimjon ustozlarining «ilmsiz bo‘lsang, zootexnik tugul, molboqar ham bo‘la olmaysan» degan gapiga o‘jarlik bilan, «bo‘laman, bo‘laman, bo‘laman», deydi-da, eshikni tarsillatib yopib maktab- dan ketadi. Maktabini, jonajon qishlog‘ini tark etadi.
Dastlab ishlari yurishgandek bo‘ladi – u sehrli qalpoqcha yordamida ishyoqmas, dangasalar, lo‘ttiboz kimsalarning rosa dodini beradi. Ularni qilmishiga yarasha jazolaydi. U jinday quv, ayyor, bir qadar lofchi bo‘lsa-da, aslida sofdil, ko‘ngli toza bo- la. U doimo yaxshilikka, ezgulikka intiladi. Tezroq katta bo‘lgi- si keladi, sehrli qalpoqcha yordamida turli kasblarni egallashga harakat qiladi. Ularni bir qadar egallaydi ham, biroq bilimsiz- ligi, tajribasizligi tufayli pand yeydi. Biror-bir maqsadga eri- shish uchun sehrli qalpoqchadan tashqari bilim ham kerakligini unutib qo‘yadi. Shuning uchun ham qaysi kasbga qo‘l urmasin, ishi chappasiga ketadi.
Agar siz «Sariq devni minib», «Sariq devning o‘limi» ro- manlarini to‘liq o‘qib chiqsangiz, sehrli qalpoqcha tufayli turli mutaxassisliklarni egallagan Hoshimjon har safar chuv tushishi sabablarini bilib olasiz.
Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari ko‘p- gina jahon xalqlari tillariga – jami 24 tilga tarjima qilingan, ita- liyalik buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodarining tahsiniga sazovor bo‘lgan.
Bolalarning sevimli yozuvchisi X. To‘xtaboyev 1982-yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi», 1991-yil- da esa «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» kabi yuksak unvonlar bilan taqdirlangan.