Rasulov Ravshanxo`ja

Rasulov Ravshanxo`ja

Ravshanxo‘ja Rasulov istiqlol davri o‘zbek tilshunosligining yirik vakili, sermahsul nazariyotchi olim, filologiya fanlari doktori (1989), professor (1990). Ravshanxo‘ja Rasulov 1946-yilda Toshkent shahrida tug‘ildi. 1965-yilda maktabni tugatdi. 1965-1970 yillarda O‘zMU (sobiq ToshDU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qidi. 1975-yilda “Alpomish” dostonida so‘zlar orasidagi sintaktik munosabatning ifodalanishi” mavzusida nomzodlik, 1989-yilda “O‘zbek tilidagi holat fe’llari va ularning valentligi” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qildi.