Agata Kristi

Agata Kristi

Agata Mari Klarissa Kristi (ingl. Agatha Mary Clarissa Christie) (1891.15.9, Torki, Angliya — 1976) — ingliz yozuvchisi. Detektiv janr ustasi. 85 roman, 20 pyesa va koʻplab hikoyalar muallifi.

Kristi eng yaxshi asarlarida ("Puaro tergov qiladi", 1924; "Kaminlar siri", 1925; "Rojer Ekroydning katl etilishi", 1926; "N yoki M?" 1941; "Qopqon", 1954; "Ayblov guvoxi", 1954 va boshqalar) jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning , chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuygʻusi va sezgirligi tufayli ochiladi.