Agata Krista

Agata Krista

Agata Kristi (1891.15.9, Torki, Angliya — 1976) — ingliz yozuvchisi. Detektiv janri ustasi. 85 roman, 20 pesa va ko‘plab hikoyalar muallifi.
Agata Kristi eng yaxshi asarlarida («Puaro tergov qiladi», 1924; «Kaminlar siri», 1925; «Rojer Ekroydning katl etilishi», 1926; «N yoki M?» 1941; «Qopqon», 1954; «Ayblov guvoxi», 1954 va b.) jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning, chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuyg‘usi va sezgirligi tufayli ochiladi.
Agata Kristi asarlarining katta muvaffaqiyati syujetning qiziqarliligi, yechimning kutilmaganligi, personajlarning yorqinligi bilan izohlanadi. Asarlari 103 tilga tarjima qilingan.