Botanika fanidan o`quv dala amaliyoti...

E.S.Sulaymonov

Janr

Umumiy biologiya
320 bosma sahifalar 2015 Yil

Botanika fanidan o`quv dala amaliyoti


Botanika fanlari biologiya, ekologiya mutaxassisliklari talabalari uchun o‘tilishi zarur bo‘lgan fanlar bo‘lib, bu fanni yaxshi o‘zlashtirmasdan malakali mutaxassis bo‘lib yetisholmaydi. 0 ‘quv-dala amaliyoti davomida talabalar o‘simlik va hayvonot dunyosi xilma-xilligini, ularni yashash sharoitiga moslanishishi, ko‘payishi va rivojlanishi xususiyatlarini, o‘simlik va hayvon turlarini tashqi morfologik belgilari bo‘yicha ajratish va ular asosida biologik va ekologik xususiyatlarini aniqlashni bilishi va foydalana olishi kerak, o‘simlik va hayvon turlarini dala sharoitida aniqlash, tabiiy sharoitda o‘simlik va hayvon turlari ustida kuzatuv olib borish, o‘simlik va hayvon turlari namunalarini yig‘ish va ulardan kolleksiya (to‘plam) tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.