"Hozirgi adabiy o‘zbek tili" darsligi Milliy universitet "o‘zbek filologiyasi" mutaxassisligi bo‘yicha chop etgan namunaviy o‘quv dasturi asosida muallif tomonidan tuzilgan ishchi dasturga amal qilib yozildi. Darslikda muallifning ko‘p yillik ilmiy−pedagogik faoliyati inobatga olingan bo‘lib, "Kirish", "Tovushlar tizimi", "Leksemalar tizimi", "Morfemalar tizimi", "Leksemashakllar tizimi", "Birikmalar tizimi", "Gapshakllar tizimi", "Frazemalar tizimi", "Alifbo. Adabiy yozish. Adabiy talaffuz" bo‘limlaridan iborat.