Yanki va qirol Artur...

Mark Tven

Janr

Jahon adabiyoti
464 bosma sahifalar 2018 Yil

Yanki va qirol Artur


Taqdim etilayotgan asarning bosh qahramoni o'n to'qqizinchi asrdan oltinchi asr Angliyasiga tushib qoladi. Bosh qahramonning Amerikaning Konnektikut shtatida bo'lishi ham bejiz emas. Yozuvchi umrining so'nggi yillarini Konnektikut shtatidagi Redding qishlog'ida o'tkazadi va shu yerda vafot etadi. Oltinchi asrga tushib qolgan Yanki g'addor va qoloq jamiyat hukm surgan Angliyada yangi tuzum - xalq kuchiga tayangan demokratik jamiyat qurmoqchi bo'ladi va bu kurashda bir guruh hukmron feodal doiralarining, o'zining mustabid siyosatini o'tkazayotgan rim katolik cherkovining qarshiligiga duch keladi. Romanning yana bir muhim jihati shundaki, Mark Tven cherkovning insoniyat taraqqiyoti yo'liga to'g'anoq bo'lishini, hukmron sinf tomonida turib xalq qonini so'radigan tekinxo'r bir maraz ekanligini yorqin bo'yoqlar bilan chizib beradi; cherkovning kirdikorlarini fosh etib, uni qattiq tanqid qiladi.