Vazirlikning 2022-yil 10 maydagi 2/35-1/17-66-sonli xati ijrosi bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari xodimlari uchun tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Axborot resurs markazi xodimlari xatga muvofiq 29-Sentabrdan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi Respublika axborot kutubxona markazida “Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va foydalanish asoslari” 40 soatlik o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunladi.