Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda talaba yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Filial Axborot resurs markazi va talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi bilan hamkorlikda "Kitobxon talaba" tanlovining 1-bosqichi oʻtkazildi. 1-bosqichda A.Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani va O'.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanlaridan tuzilgan savollar kitobxonlarga 25 dona variant ko'rinishida taqdim etildi. Kitobxonlar o'zlari tanlagan variant asosida hakamlarga javob berib o'zlari uchun kerakli bo'lgan ballarni qo'lga kiritishdilar va ikkinchi bosqichga o'tdi.