Axborot-resurs markazi va “Amaliy matematika” fakulteti tyutori R.O‘roqov bilan hamkorlikda filial kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirish, “Konstitutsiya –xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda talabalar tomonidan Konstitutsiya yaratilish tarixi va kiritilgan o‘zgartirishlarga oid ma’lumotlar, vatanni, mustaqillikni madh etuvchi she’rlar bilan qatnashishdi shu bilan birgalikda filialda tahsil olayotgan talabalarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan viktorina loyihasi doirasida faol qatnashib g‘olib bo‘lgan yoshlarga bosh qomusimiz bo'lgan Konstitutsiya kitoblari taqdim etildi.