2024-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti ''Biotexnologiya'' kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan 5 ta muhim tashabbusning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish“ ga qaratilgan tadbirlar doirasida “Kutubxonaga-mening hissam” shiori ostida kitob marafoni tashkil etildi. Unda professor-o'qituvchilar o'zlari o'qib tugatgan kitoblarini filialimiz talabalari ham o'qib baxramand bo'lishlari uchun, filial kutubxonasiga 50 dan ortiq badiiy adabiyotlarni taqdim etdilar.