2024-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan filial Axborot resurs markaziga 5 ta muhim tashabbusning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish“ ga qaratilgan tadbirlar doirasida “Kutubxonaga-mening hissam” shiori ostida kitob marafoni tashkil etildi.
Marafon doirasida professor-o'qituvchilar filial kutubxonasiga 40 dan ortiq badiiy adabiyotlar taqdim etdilar.