2024-yil 2-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali “Marketing va talabalar amaliyoti” bo'limi tomonidan filial Axborot resurs markaziga 5 ta muhim tashabbusning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish“ ga qaratilgan tadbirlar doirasida “Kutubxonaga-mening hissam” shiori ostida kitob marafoni tashkil etildi.
Marafon doirasida xodimlar filial kutubxonasiga 15 dan ortiq badiiy adabiyotlar taqdim etdilar.