Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali axborot-resurs markazida 2025-yil 10- fevral kuni shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri Alisher Navoiy bobomizning tavalludining 584 yilligi hamda o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ko‘rgazmali burchak tashkil etildi.