⭕️“Kutubxonaga — mening hissam” shiori ostida kitob marafoni tashkil etildi

⭕️“Kutubxonaga — mening hissam” shiori ostida kitob marafoni tashkil etildi

⭕️#kitob

⭕️“Kutubxonaga — mening hissam” shiori ostida kitob marafoni tashkil etildix`

 

🔺O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti tyutorlari tomonidan besh muhim tashabbus doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish hamda ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida “Kutubxonaga — mening hissam” shiori ostida kitob marafoni tashkil etildi.

 

🔺“Bir kitob — ming imkoniyat” mavzusida o‘tkazilgan tadbir davomida ishtirokchilar milliylik, ma’naviyat va kitobxonlik qadri haqida fikr almashdilar. Yoshlar tomonidan filial kutubxonasiga turli adabiyotlar, ilmiy va badiiy asarlar sovg‘a qilindi.

 

🔺Tadbir davomida milliy an’ana va qadriyatlarimizni asrash, o‘qish madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni bilim olishga undovchi g‘oyalarni targ‘ib etish bo‘yicha fikrlar bildirildi.

 

➡️ Bizni kuzatib boring !!

🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube